Telegram Group & Telegram Channel
Darsxona

Yoshligimdan ko‘p qiziqadigan mavzularimdan biri yosh bolalarning dars xonalari.

Men hali maktabga chiqmagan paytlarim buvimning alohida ish stollari bo‘lar edi. Uni ko‘rib biz havas qilar edik.

"Katta bo‘lsam, menda ham shunday stol bo‘ladi", - deb.

Ish stollariga tegmas edik. Ustida doim turli kitoblar va qog‘ozlar yoyilib yotardi (bizning fikrimizda).

Maktabga chiqqanimizda ota-onamiz har birimizga alohida shunday dars stoli qilib berishgan. Ba’zida farzandlarning hammasiga dars stoli yetmasligi mumkin, vaqtini kelishib, almashib dars qilsa bo‘ladi. Ko‘pincha bitta xona dars stollari bilan to‘la bo‘ladi :)

Vaqti kelib farzandli bo‘lganimda menda ham shu tuyg‘u bor edi.

- Farzandimning dars stoli bo‘lishi kerak, - degan.

Tajribamda 2 ta narsani ko‘rdim:

1. Bolalar ko‘zining oldida kutubxona bo‘lishi ularga foydali.

Mehmon kutish xonasi (zal)da odatda servant turadi. Uning ichi turli chiroyli idishlar bilan to‘la bo‘ladi. Kelin kelganida bezatiladigan idishlardan...

Bir kuni shartta kelib, barcha idishlarni yig‘ishtirtirdim va turli joylarda saqlanib kelayotgan kitoblar bilan to‘ldirdim. Ko‘rinishi kitob jovoni emas, biroz xunuk ko‘rindi. Kelgan mehmonlar ham avvaliga (negativchilarimizga o‘xshab) tanqid ham qilishdi. Ba’zi kitob nima ekanini biladiganlar aksincha, xursand bo‘lishdi.

Vaqt o‘tib sezgan narsam, farzandlarimga ijobiy ta’sir qilgan ekan. Jiyanlar bilan o‘ynab o‘tirganda birga kitob o‘qish odatlarini ham ko‘rdim.

Kutubxona paydo qilishning bitta usulini aytib o‘taman. Menga buni bir do‘stim o‘rgatgan.

- Har safar oylik olganingda, bollaring bilan kitob do‘koniga bor. Ular qiziqadigan bitta kitob olib ber. Ko‘ribsanki 1 yilda uyingda kutubxona paydo bo‘ladi, - degan edi.

Bu usulni sinab ko‘rganman. Juda maroqli. Bir tomondan foydali narsa olib berasiz, ikkinchidan unchalik qimmat emas (25-30 ming atrofida edi). Uchinchidan jiyanlar kelsa ularga ham olib berasiz. To‘rtinchidan o‘zligi tanlashadi, boshingizni ham qotirmaysiz. Axir qaysi kitobni o‘qiganini o‘zi yaxshiroq biladi-da.

2. Bolalarning shaxsiy dars stoli bo‘lishi kerak.

Farzandingizga dars xona yoki dars stoli qilib bersangiz, unda ko‘p ijobiy odatlar paydo bo‘ladi. Intizom bilan stolni toza va osoyishda saqlashni o‘rganadi. Darsini qilish va diqqatini (fokus) yig‘ishni o‘rganadi. Doim turli joyda dars qilgandan ko‘ra osonroq diqqat yig‘iladi. Dars stolida begona (ovqatlanish kabi) ishlar qilinmagani uchun shaxsiy mulk nima ekani, uni saqlash usullari rivojlanadi. Stolni ham dars uchun ham oilaviy ovqatlanish uchun ishlatilsa, bolada bu narsalar bo‘lmaydi.

Shunday ekan,

Farzandimizga o‘zining dars stoli (yoki xonasi)ni tashkil qilib beraylik.

Izoh: Rasmdagi kitob sahifasi Oxford universiteting LinkedIn kanalida chop etildi.

1733 yilgi kitob sahifasi. Matnda to‘g‘ri o‘tirish va dars stolining holati husnixatga ta’siri haqida yozilgan. Dars stolingiz o‘zingizga qulay bo‘lsa, unda yozish oson bo‘lar ekan. Agar yozishda biror tomonga og‘ib ketadigan husnixatga ega bo‘lsangiz, stolni qanday qilib to‘g‘rilash tushuntirilgan.

Demak dars stoli yangilik emas, 300 yil oldin ham bu masala dolzarb bo‘lgan ekan.

09.01.2025 London
@DrAlgorithm
1👍4810💯8🆒3🔥21

tg-me.com/DrAlgorithm/799
Create:
Last Update:

BY Dr. Algorithm

Share with your friend now:
tg-me.com/DrAlgorithm/799

View MORE
Open in Telegram

Dr Algorithm Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

However, analysts are positive on the stock now. “We have seen a huge downside movement in the stock due to the central electricity regulatory commission’s (CERC) order that seems to be negative from 2014-15 onwards but we cannot take a linear negative view on the stock and further downside movement on the stock is unlikely. Currently stock is underpriced. Investors can bet on it for a longer horizon," said Vivek Gupta, director research at CapitalVia Global Research.

Telegram announces Search Filters

With the help of the Search Filters option, users can now filter search results by type. They can do that by using the new tabs: Media, Links, Files and others. Searches can be done based on the particular time period like by typing in the date or even “Yesterday”. If users type in the name of a person, group, channel or bot, an extra filter will be applied to the searches.

Dr Algorithm from fr

Telegram Dr. Algorithm
FROM USA